"Memshakar": trendga aylangan Mirshakar Fayzulloyev suratidan memlar

E’lon qilingan sana· 9 705
"Memshakar": trendga aylangan Mirshakar Fayzulloyev suratidan memlar

24-aprel kuni Madaniyat vazirligi Instagram sahifasida xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik, stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishidagi ijodkorlar bilan ochiq muloqotdan suratlar e’lon qilindi.

Ochiq muloqotda olingan stendap komik Mirshakar Fayzulloyevning surati esa memga aylandi. U oʻzining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari avatarlariga shu rasmni yukladi. Shuningdek, oʻquvchilariga memlar yasashni taklif qildi.

Shu orqali soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yangi trend, mem yasovchilar uchun esa yangi shablon paydo boʻldi. Afisha.uz ushbu maqolada bu mavzudagi qiziqarli memlarni bir yerga jamladi.


Internet foydalanuvchilari darhol Mirshakar Fayzulloyevning “Chempion” nomli konserti va uning soʻngidagi “Gentra” voqeasini esladi.

  • false
  • false

Bundan tashqari, Mirshakar Fayzulloyev boshqa koʻplab mem shablonlarning ham qahramoniga aylandi.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Mem yasashda X (sobiq Twitter) foydalanuvchilari ham faol ishtirok etdi. Quyida klassikaga aylanib ulgurgan soʻzlarni yangi shablonda koʻrish mumkin.

Koʻplab futbol muxlislari ayni vaqtda Angliya Premyer ligasidagi chempionlik kurashini qiziqish bilan kuzatmoqda.

Bunday variant ham mavjud.

Trendga komik Elmurod Haqnazarov ham qoʻshildi. Ma’lumot uchun, 7−11 may kunlari “Xalqlar doʻstligi” saroyida Elmurod Haqnazarov konserti boʻlib oʻtadi. Chiptalarni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Mirshakar Fayzulloyevning “Xayr” shousi Instagram sahifasi ham memning oʻz versiyasini taqdim etdi.

Memlar kun tartibidan tushmaydigan mavzular bilan davom ettirildi.

Foydalanuvchilar Mirshakar Fayzulloyevning Otabek Mahkamov bilan munosabatlarini ham eslab oʻtdi.

Oxirgi yillarning eng mashhur seriallaridan biri boʻlgan “The Boys"ning yakuniy mavsumi taqdim etilmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Mirshakar Fayzulloyevni serialdagi bir-biriga dushman boʻlgan ikkala personaj sifatida ham tasvirladi.

  • false
  • false

Quyidagi mem shablon va undagi postironiya koʻpchilik uchun tanish boʻlsa kerak.

Yanvar oyida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblari taqdirlangandi. Unda “Yilning eng yaxshi qiziqchisi” nominatsiyasi ham boʻlib, Mirshakar Fayzulloyev uchinchi oʻrinni olgandi.

Bugungi kunda memlar insoniyat hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu ba’zilar uchun oddiy kulgili suratlar boʻlsa, ba’zilar uchun hayotning mazmuniga aylangan. Avvalroq Afisha.uz “Nigilist pingvin” mavzusidagi memlarni ham bir maqolaga jamlagandi.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov

"Nigilist pingvin": trenddagi mavzu haqida memlar

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yovvoyi tabiat haqidagi hujjatli filmdan olingan kichik parcha tufayli ekzistensial holatga tushdi. Unda o‘z sheriklaridan ajralib, tog‘lar tomon ketib borayotgan pingvin haqida hikoya qilinadi.

Getsbi, Rik Dalton, Teddi Deniels: Leonardo di Kaprioning memga aylangan rollari

Leonardo di Kaprio ishtirok etgan yoki u asosida yaratilgan mashhur memlar ham juda ko‘p. Uning deyarli har bir rolidan yangi memlar yaratiladi. Aktyorga nisbatan "tirik mem" iborasi ham ishlatiladi. Afisha.uz ushbu maqolada di Kaprio faoliyatidagi mem-xronologiya haqida ma'lumot beradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling