“O‘zim ham pul sochganman”. Jahongir Otajonov to‘ylarda san’atkorlar ustidan pul sochish haqida

Xonanda Jahongir Otajonov 14-sentyabr kuni “Shum bolalar” kulgi jamoasining konsertidan so‘ng Afisha.uz muxbirining to‘ylarda san’atkorlar ustidan pul sochish holatlariga oid savoliga munosabat bildirdi. U bunday vaziyatni qoralashda ikkiyuzlamachilik qila olmasligini ta’kidladi.
“Birovning cho‘ntagidagi pulga hech narsa deya olmayman. Chunki shunday paytlar bo‘lganki, men ham uyimizda to‘y bo‘lganda pul sochganman. Bu — xursandchilik, ya’ni emotsiya. Biz o‘zbek xalqi emotsional xalqmiz”, — deydi xonanda.
Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, to‘ylarda uning o‘ziga ham pul sochilgan va bu unga yoqimli tuyulgan. Shu sababli u boshqalarning bunday harakatlarini qoralashni istamasligini aytdi.
“Men pul sochishni to‘g‘ri deb ham aytmayman, lekin kimdir sochgan pul haqida „bu yaxshi“ yoki „bu yomon“, demayman ham. U pulga men xo‘jayin emasman. U o‘zining mehnati: o‘zi to‘y qilgan, niyat qilgan. Bizga ham ustimizdan pul sochilgan paytlar bo‘lgan. Tan olaman, xursand bo‘lganman va bu narsa men uchun yoqimli tuyulgan. Shuning uchun pul sochganlarni qoralab, ikkiyuzlamachilik qila olmayman. O‘zim ham uyimizda to‘y bo‘lganda xursandligimdan pul sochganman”, — deydi Jahongir Otajonov.
"Moda": Jahongir Otajonovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi?
Oʻzbek pop-musiqasining yorqin namoyondalaridan biri – xonanda Jahongir Otajonov 5-may kuni Humo Arena’da yakkaxon konsertini namoyish qildi. Afisha.uz muxbiri to‘liq jonli ijroda o‘tgan “Moda” nomli dasturdan reportaj tayyorladi.
Konsertga tayyorgarlik, Yulduz Usmonova va Shakira, daromad solig‘i: Jahongir Otajonov bilan intervyu
Taniqli xonanda Jahongir Otajonov 5-may kuni Humo Arena’da “Moda” nomli yakkaxon konsertini taqdim etmoqda. To‘liq jonli ijroda o‘tishi kutilayotgan ushbu dasturdan avval jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Shuningdek, OAV vakillari repititsiya jarayoniga guvoh bo‘ldi. Unda Afisha.uz muxbiri ham qatnashib, eng muhim savol-javoblarni bir joyga jamladi.
Frankenshteyndan Afroditagacha: Jahongir Otajonovning yangi klipida nimalarga ishora qilingan?
29-noyabr kuni Jahongir Otajonovning “Moda” qoʻshigʻi va unga ishlangan klip e’lon qilindi. Klip YouTube platformasida hozirgacha 200 ming martadan oshiq koʻrildi va har xil muhokamalarga, xususan, koʻplab ijobiy fikrlarga sabab boʻldi. Quyida Afisha.uz muharriri ham ushbu ijod namunasi haqida oʻz fiklarini bildiradi.