Masha Tilla “Sugar” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi

E’lon qilingan sana: · 278
Masha Tilla “Sugar” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi

Model va bloger sifatida tanilgan Masha Tillaning “Sugar” nomli yangi treki uchun ishlangan klip premyera qilindi.

Oxirgi paytlarda xonandalik faoliyatiga katta urg‘u berayotgan Maryamning mazkur qo‘shig‘ining qisqa parchasi u tomonidan Instagram sahifasiga joylangach, muhokamalar keltirib chiqargan edi. Ayniqsa, trekdagi “Shakar, sugar, saxar” jumlasi tanqidlarga uchradi.

Klipda Masha Tillani bir qancha obrazlarda ko‘rish mumkin. Shuningdek, unda “Kim oladi-yo” nomli o‘zbek milliy o‘yini ham sahnalashtirilgan.

Avvalroq, Masha Tilla xonanda Rayhon hamda DJ King Macarella bilan birgalikda “G‘alaba” nomli yangi qo‘shigʻini premyera qilgani haqia xabar berilgan edi. Ushbu trek O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgani munosabati bilan yaratilgan.

Maryam Tillayeva va Instasamka duet ijro etadi

O‘zbekistonlik bloger Maryam Tillayeva rossiyalik rep ijrochisi Instasamka bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

Masha Tilla, Rayhon va DJ King Macarella yangi “G‘alaba” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Xonandalar Rayhon, Masha Tilla hamda DJ King Macarella hamkorlikda “G‘alaba” nomli yangi qo‘shigʻi premyera qilindi. Ushbu trek O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgani munosabati bilan yaratilgan.

Yunkaa va Masha Tilla “Shunaqa gaplar” klipini chiqardi

Yunkaa va Masha Tillaning “Shunaqa gaplar” nomli yangi dueti uchun ishlanagan klip premyera qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Masha Tilla “Sugar” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi — Toshkent Afishasi