"Kung-fu Panda 4" multfilmi 500 million dollardan koʻproq pul ishlab topdi

E’lon qilingan sana· 394
"Kung-fu Panda 4" multfilmi 500 million dollardan koʻproq pul ishlab topdi

“Kung-fu Panda 4” animatsion filmi jahon prokatida rasman 500 million dollardan koʻproq (503,5 million dollar) ishlab topdi. Ma’lumot uchun, multfilm 8-mart kuni premyera qilingandi.

Universal va DreamWorks studiyalari tomonidan ishlangan “Kung-fu Panda 4” AQShda 185 million dollar yigʻdi, jahon prokatida esa — 318,5 million dollar ishlab topdi. Jek Blek, Avkvafina, Brayan Krenston, Viola Devis va boshqalar 2008 yilda boshlangan Kung Fu Panda franshizasida , 2,3 milliard dollarni oʻzlashtira oldi.

Ilk bora 2008-yilda premyera qilingan Kung Fu Panda franshizasi umumiy hisobda 2,3 milliard dollar ishlashga muvaffaq boʻldi.

“Kung-fu Panda 4” multfilmi rasman oʻzbek tiliga tarjima qilindi va kinotetarlarda namoyish etildi. Shuningdek, Afisha.uz saytida multfilmga yozilgan taqriz va Poga ovoz bergan dublyaj aktyori bilan suhbat e’lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling