"Kalmar oʻyini"dan keyin nima koʻrish kerak? Tirik qolish uchun kurash, qora yumor va dramatik voqealarga boy film va seriallar

E’lon qilingan sana· 557
"Kalmar oʻyini"dan keyin nima koʻrish kerak? Tirik qolish uchun kurash, qora yumor va dramatik voqealarga boy film va seriallar

“Kalmar o‘yini” zamonaviy kinematografiyada chinakam fenomenga aylandi. Ushbu Netflix seriali nafaqat ko‘rishlar soni bo‘yicha rekordlarni yangiladi, balki butun “tirik qolish” (survival) janriga yangicha nafas olib kirdi.

Ammo bu serial sohada yangilik emas. Aslida, u bir necha o‘n yilliklar davomida shakllanib kelgan va tobora chuqurlashib borayotgan “survival” janrining eng yorqin namunalaridan biridir. Bu janrda qahramonlarning hayoti garovda, har bir xato — halokatga, har bir tanlov esa sinovga aylanadi.

Afisha.uz esa “Kalmar o‘yini"dan keyin yana nima ko‘rishni oʻylab turgan muxlislari uchun maxsus tavsiyalar ro‘yxatini tayyorladi.


Filmlar

“Battle Royale” (2000)

Janr: Triller, drama.

Sinopsis: Yaponiyada hukumat maktab oʻquvchilarini orolga olib borib, bir-birini oʻldirishga majburlaydi. Faqat bitta oʻquvchi tirik qolishi kerak.

Nima uchun koʻrish kerak: Bu film koʻpchilik tomonidan “survival janrining otasi” sifatida koʻriladi. Bundan tashqari, ushbu film rejissyor Kventin Tarantinoning eng yoqtirgan filmi hisoblanadi.

Farqi
: “Kalmar o‘yini"da mukofot bor, bu yerda esa faqat hayot uchun kurash. Eng dahshatlisi, o‘yinchilarning barchasi — bolalar.


“The Hunger Games” (2012−2015)

Janr: Fantastik, jangari.

Sinopsis: Panem davlatida har yili 24 nafar o‘smir “ochlik o‘yinlari"ga jalb etiladi. G‘olib — faqat bitta.

Nima uchun koʻrish kerak: Hokimiyat va kambagʻallik oʻrtasidagi kurashni zoʻr koʻrsata olgan.

Farqi: “Kalmar o‘yini"ga qaraganda, bu yerda qahramonlik va isyon motivlari kuchliroq. Romantik chizgi ham mavjud.


“The Platform” (2019)

Janr: Fantastik, qoʻrqinchli.

Sinopsis: Vertikal qamoqxonada odamlar qavatlarga bo‘lingan. Ovqat har kuni yuqoridan pastga tushadi. Yuqoridagilar to‘q, pastdagilar och.

Nima uchun koʻrish kerak: Jamiyatdagi tengsizlik, resurs taqsimoti va ochko‘zlik haqida jiddiy metafora.

Farqi: “Kalmar o‘yini"da o‘yin mavjud, bu film esa ijtimoiy tajriba ko‘rinishida.


“Ready or Not” (2019)

Janr: Qoʻrqinchli, qora yumor.

Sinopsis: Kelin to‘y kechasida erining boy oilasi bilan “an'anaviy o‘yin” o‘ynashi kerak bo‘ladi. Bu o‘yin — hayot va o‘lim kurashiga aylanadi.

Nima uchun koʻrish kerak: Boylar sinfining yashirin va asl yuzini ochib beradi.

Farqi: “Kalmar o‘yini"da jamoa kurashi bo‘lsa, bu filmda yolg‘iz qiz butun oilaga qarshi kurashadi.


“Exam” (2009)

Janr: Triller, sirli (mystery).

Sinopsis: Sakkizta nomzod sirli xonaga qamab qo‘yiladi. Ular yirik kompaniyada ishlash uchun yagona savolga to‘g‘ri javob topishlari kerak.

Nima uchun koʻrish kerak: Psixologik bosim ostida insonning xatti-harakati qanday oʻzgarishini koʻrsatadi.

Farqi: “Kalmar oʻyini"da jismoniy kurash boʻlsa, bu filmda aqliy va axloqiy kurashlar asosiy mavzuga aylanadi.


“Cube” (1997)

Janr: Qoʻrqinchli, fantastik.

Sinopsis: Oltita notanish odam oʻzlarini kub shaklidagi labirintda topishadi. Har bir xona oʻlim tuzoqlari bilan toʻla va chiqish yoʻlini topish kerak.

Nima uchun koʻrish kerak: Hayot-mamot muammosini matematik fikrlash bilan bog‘lab beradi.

Farqi: “Kalmar oʻyini"dan farqli oʻlaroq, “Cube” butunlay noaniqlik ustiga qurilgan va aniq qoidalar yoʻq, faqat omon qolish instinkti bor.


“Saw” (2004)

Janr: Qoʻrqinchli, triller.

Sinopsis: Ikki erkak oʻzlarini hammomda zanjirlangan holda topadi. Ular oʻrtasida jasad yotadi, lekin kim oʻldirganligi noma’lum va tirik qolish uchun ularni bittasi qiyin tanlov qilishi kerak.

Nima uchun koʻrish kerak: Inson hayotining qadri haqida jiddiy savollar beradi.

Farqi: “Kalmar o‘yini"da mukofot bor, “Saw” esa vijdon va azob o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rsatadi.


“Escape Room” (2019)

Janr: Qoʻrqinchli, triller.

Sinopsis: Oltita odam “zavqli” o‘yin deb o‘ylab, sirli “qochish xonasi"ga kiradi. Keyinchalik esa har bir xona hayot uchun kurash maydoniga aylanadi.

Nima uchun koʻrish kerak: Zamonaviy o‘yinlarga qaramlikni va nazorat yo‘qligini qo‘rqinchli tarzda aks ettiradi.

Farqi: “Kalmar oʻyini"dan farqli oʻlaroq, bu yerda har bir xona alohida dunyo va har xil qoidalari bor.


“Alice in Borderland” (2020−2022)

Janr: Fantastik, triller, drama.

Sinopsis: Uch do‘st o‘zini bo‘shab qolgan Tokioda topadi. Ular tirik qolish uchun kartalar asosida o‘yinlarda qatnashishga majbur bo‘lishadi. Har bir o‘yin o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

Nima uchun koʻrish kerak: Yapon madaniyatining “Kalmar oʻyini"ga oʻxshash talqini boʻlib, murakkab o‘yinlar, psixologik bosim va axloqiy sinovlar bilan boyitilgan.

Farqi: Asosiy urg‘u zo‘ravonlik emas, do‘stlik va ishonchga qaratilgan. Hayot uchun kurashda nafaqat jasorat, balki bir-biriga suyanish ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.


“Black Mirror” (2011−2023)

Janr: Fantastik, qoʻrqinchli, drama.

Sinopsis: Har bir epizod — alohida hikoya. Serial texnologiya va insoniyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib beradi. Ba’zi qismlarda odamlar virtual o‘yinlarda yoki sun’iy nazorat tizimlarida tirik qolish uchun kurashadi.

Nima uchun koʻrish kerak: “Kalmar o‘yini” singari, bu ham jamiyatning qorong‘u tomonlarini ochadi, ammo jang texnologiyalar maydonida kechadi.

Farqi: Har doim ham tirik qolish emas, koʻproq ong va axloq sinovlariga urgʻu berishadi.


Oxirgi so‘z: Bu hikoyalardan qanday dars olishimiz mumkin?

“Kalmar o‘yini"dan boshlab yuqoridagi filmlar va seriallar bir narsani eslatadi: bu kurashlar faqat omon qolish haqida emas. Ular bizga insoniyat, ijtimoiy tizim, ishonch, yolg‘izlik va tanlovlar haqida savollar beradi. Har bir o‘yin — real hayotdagi ichki janglarning metaforasidir.

Siz qaynday jangdasiz va eng muhimi — bu jangda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymadingizmi?

Samandar Erkinjonov
Muallif
Samandar Erkinjonov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

"Biz otlar emasmiz, biz insonmiz": "Kalmar oʻyini" serialining uchinchi mavsumiga taqriz

Netflix 27-iyun kuni “Kalmar o‘yini” serialining soʻnggi uchinchi mavsumini e’lon qildi. Tanqidchilar uchinchi mavsumni ijobiy qabul qildi, biroq final ko‘plab tomoshabinlarga yoqmadi. Bu Rotten Tomatoes reytingida 42 ta professional sharhga koʻra 82% va oddiy foydalanuvchilarga koʻra esa 50% baholangan.

"Kalmar oʻyini" soʻnggi mavsumini tomosha qilishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Keling, bularning barchasi qayerdan boshlanganini, qanday yaratilganligini va nima uchun "Kalmar oʻyini" shunchaki hit emas, balki ogʻriqli dolzarb masala ekanligini eslaylik.