Kristofer Nolanning “The Odyssey” filmi uchun ikki million futlik kino tasma ishlatilgan

E’lon qilingan sana· 273
Kristofer Nolanning “The Odyssey” filmi uchun ikki million futlik kino tasma ishlatilgan

Mashhur rejissyor Kristofer Nolan o‘zining eng yirik va epik filmi “The Odyssey” ustida ishlash jarayonida maksimal darajada ananaviy uslubdan foydalanishga intilganini ma’lum qildi.

Rejissyor Empire nashriga bergan intervyusida aytishicha, 91 kun davom etgan suratga olish jarayonida ikki million futdan (609 600 metr) ortiq kino tasma ishlatilgan, sahnalarning katta qismi esa bevosita ochiq dengizda tasvirga olingan.

“The Odyssey” insoniyat tarixidagi eng qadimgi hikoyalardan birining yangi talqini bo‘lib, unda Met Deymon Odissey rolida Troya urushidan soʻng o‘n yil davom etgan afsonaviy sayohatini bosib o‘tadi. Filmda shuningdek Tom Holland, Ann Hetuey, Zendaya, Robert Pattinson va yana ko‘plab yulduzlar ishtirok etadi.

Nolanning aytishicha, ushbu loyihaga kirishishiga kino olamidagi bir bo‘shliq sabab bo‘lgan: “Bolaligimda ko‘rgan o‘sha afsonaviy, Harryhausen ruhidagi filmlarni bugungi katta budjet va IMAX imkoniyatlari bilan hech kim qayta yaratmagandi. Men ana shu yetishmayotgan bo‘limni to‘ldirishni istadim,” deb te’kidlagan.

Filmning premyera 2026-yil 17-iyul kuni IMAX formatida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, 2026-yilning eng kutilayotgan premyeralari roʻyxatini taqdim qilgan edik. Shuningdek, Nolan fenomeni: nega uning filmlari hammaga birdek qiziqarli ekanligi haqida ham toʻxtalib oʻtganmiz.

Nolan fenomeni: nega uning filmlari hammaga birdek qiziqarli?

Kristofer Nolan haqida gap ketganda, bir qiziq qarama-qarshilik paydo boʻladi, ya’ni uning filmlari juda murakkab, chuqur falsafiy ma'noga ega, hatto ba'zida birinchi marta koʻrib tushunish deyarli mumkin emas. Biroq shunga qaramay, uning har bir filmi kassada yuzlab million dollarlar ishlaydi va oddiy tomoshabinlar ham, filmning chuqur ma'nosini tushunmoqchi boʻlgan aqlli odamlar ham bir xil zavq bilan tomosha qilishadi.

2026-yilning eng koʻp kutilayotgan premyeralari

Afisha.uz 2026-yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgan premyeralar ro‘yxatini taqdim etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling