Anons
“Jurnalist” badiiy filmining katta namoyishi
E’lon qilingan sana: · 178

Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyida drama janrida ishlangan “Jurnalist” badiiy filmining katta namoyishi boʻlib oʻtadi.
Filmda Yosh jurnalist Ra’no o‘zini isbotlash ilinjida muhim ishga qo‘l uradi va oddiy ko‘ringan voqea ortida katta jinoiy tizim yashiringanini aniqlaydi. U bosim va tahdidlarga qaramay, adolat va inson taqdiri uchun kurashish zarurligini tushunib yetadi.
Kinokartina rejissyorlari Sardor Maxmudov va Otabek Yoʻldoshev hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 27-iyunda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanadi.
Kirish bepul.