“Paxta” filmi xalqaro kinofestivalda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana: · 271
“Paxta” filmi xalqaro kinofestivalda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

“Paxta” filmi X xalqaro “Yevrosiyo ko‘prigi” kinofestivalida bosh sovringa sazovor bo‘ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Festival 5−9 oktyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tdi. Unda 14 mamlakatdan 18 ta badiiy va hujjatli film ishtirok etdi.

Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida, rejissyor Rashid Malikov suratga olgan “Paxta” kartinasi — hayot sinovlarini yengib, o‘z taqdirini qaytadan qurishga intilayotgan ayol haqida hikoya qiladi.

Ma’lumot uchun, “Paxta” filmi 2025-yilda Misr poytaxti Qohira shahridagi xalqaro kinofestivalda ishtirok etgandi. Shuningdek, filmda ishlagan Bektosh Rajabov “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasida, Boris Litovchenko esa “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Oltin Humo” mukofotini qoʻlga kiritgan.

Drama janridagi “Paxta” badiiy filmi premyera qilinadi

Milliy kino san’ati saroyida 17-aprel kuni Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan "Paxta" badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling