Navro'z bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

E’lon qilingan sana· 281
Navro'z bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

Madaniyat va turizm vazirligi Navro‘z bayrami munosabati bilan 19−20−21−22−23-mart kunlari ichki turizm yo‘nalishlari bo’ylab sayohat uchun chegirmalar e’lon qildi.

Chegirmalar aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida joriy qilindi.

Avvalroq Uzbekistan Airways respublika aholisi uchun 18-martdan 22-martgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom va bizness klass tariflariga 21 foiz chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari (ular bilan ushbu havolalar orqali tanishishingiz mumkin) tomonidan ham chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar e’lon qilingan. Madaniy meros agentligi tomonidan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzey hamda direksiyalarning kirish chiptalariga 10 foiz chegirmalar e’lon qilindi.

Bundan tashqari, “Vaqf” xayriya jamoat fondiga qarashli va pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlarida (ziyoratgoh va qadamjolar) 18−22-mart kunlari O’zbekiston fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foizlik hamda yoshlar uchun 50 foizlik chegirmalar e’lon qilindi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ