Yangi yil bayrami kuni metropolitendan foydalanish bepul bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 1 598
Yangi yil bayrami kuni metropolitendan foydalanish bepul bo‘ladi

“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining xabar berishicha, 31-dekabr kuni Toshkent metrosi barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi.

“Bayram munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami kuni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Avvalroq bayram va dam olish kunlari metro va avtobuslar qay tartibda ishlashi haqida xabar bergandik.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ