Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi

E’lon qilingan sana· 1 544
Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Ramazon hayiti 10-aprel kuni nishonlanishi e’lon qilindi. O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket uch kun dam oladi.

2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli prezident farmonida 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi. Bayram munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

  • 10-aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;
  • 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
  • 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

9-aprel bayram oldidan qisqa kun. Shu kuni barcha xodimlar bir soat avval ketishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda bayram kunlari qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, Toshkent metropoliteni Hayit kuni odatdagidan bir soat erta, soat 04:00 dan ish boshlashi e‘lon qilingandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling