Oʻzbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2025-yil 28-avgust holatiga ko‘ra 38 million kishiga yetdi va o‘sishda davom etmoqda
Shundan 19 136 831 tasi erkaklar, 18 863 231 tasi ayollarni tashkil etadi. Bu degani erkakalar soni ayollarnikidan koʻp.
Solishtirish uchun, 2024-yilning 24-aprel kuni doimiy aholisi soni 37 millionga yetgan va 2025-yil 1-iyul holatiga koʻra aholi soni 37 million 800 ming kishidan oshgan edi. Shunindek, avvalroq Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrayotgani , Oʻzbekistandagi oʻrtacha nikoh yoshi nechi yosh etib belgilangani hamda Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 75 dan oshgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Statistika: Oʻzbekistonda 2025-yilda qancha nikoh qayd etilgan?
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida oylarida FHDYO organlarida 95,3 mingta hikoh qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Statistika: Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 75 dan oshdi
2024-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.
Statistika: Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrmoqda?
Oʻzbekiston boʻylab FHDYO organlarida 2024-yilda jami 135 914 ta tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.