Toshkentda yana chang. Favvoralar qayta ishga tushirildi, ko‘chalarga suv sepilmoqda

E’lon qilingan sana· 260
Toshkentda yana chang. Favvoralar qayta ishga tushirildi, ko‘chalarga suv sepilmoqda

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda havo ifloslanishi kuchaygani bois bir qator tezkor choralarni amalga oshirmoqda. 21-noyabrdan boshlab shahar bo‘ylab yo‘l qoplamasiga maxsus texnikalar yordamida suv sepish ishlari boshlanib, mavjud barcha favvoralar ham qayta ishga tushirildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlar Toshkent shahar va tuman hokimliklari, Obodonlashtirish boshqarmalari hamda favvoralardan foydalanish xizmati tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, maqsad — atmosferadagi mayda chang zarralarini kamaytirish va mikroiqlimni yumshatish.

Favvoralar nega qayta yoqildi?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, favvoralarning ishlashi atrof-muhitdagi namlikni oshirib, changning havoda uzoq qolishining oldini oladi. Suv zarrachalari havodagi PM10 va PM2.5 o‘lchamdagi changlarni o‘ziga tortib, ularni yerga cho‘ktirishga yordam beradi. Bu jarayon to‘liq yechim bo‘lmasa-da, qisqa muddat ichida ifloslanish darajasini pasaytirishi mumkin.

Ko‘chalarga suv sepish qanday samara beradi?

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, yuqori changlanish sharoitida yo‘l qoplamasini namlash eng tez natija beradigan usullardan biridir. Yo‘l yuzasi namlanganda chang suv bilan aralashib, ko‘tarilmaydi va “ikkinchi darajali changlanish” — avtomobillar harakatidan hosil bo‘ladigan chang tarqalishi kamayadi.

Xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha, aynan ushbu ikkilamchi changlanish shaharlardagi PM chiqindilarining 25−40 foizini tashkil qiladi. Shu bois, yo‘l namlash atmosferaga qayta ko‘tariladigan changni sezilarli kamaytiradi.

Mikroiqlimni barqarorlashtirish

Mutaxassislar aytishicha, namlikning oshishi haroratni pasaytiradi. Issiq havoda chang zarrachalari ko‘proq vaqt havoda saqlanadi va ifloslantiruvchi kimyoviy reaksiyalar jadallashadi. Namlash esa buni sekinlashtirib, zarrachalarning tezroq cho‘kishini ta’minlaydi.

Shuningdek, daraxt va butalarni sug‘orish ham davom ettirilmoqda. O‘simliklar barglari changni tabiiy filtr kabi ushlab qoladi, bu esa ifloslanishning yana bir qatlamini kamaytiradi.

Hokimlik suv sepish muammoni to‘liq bartaraf eta olmasligini tan oladi, biroq u qisqa vaqt ichida ifloslanish darajasini pasaytiradigan samarali choralar sirasiga kiradi. Shu bilan birga, bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda:

  • issiqxona xo‘jaliklarida ko‘mir yoqilishi bo‘yicha reydlar,
  • qozonxonalarga filtrlar o‘rnatilishi ustidan nazorat,
  • ekologik tekshiruvlarni kuchaytirish

Shuningdek, avvalroq biz havo sifati Shuningdek, biz havo ifloslanishi kuzatilganda qilinishi kerak boʻlgan choralar va uyda zerikmaslik uchun nimalar qilish mumkinligi haqida Afisha tavsiyalarini bergan edik.

Uyda qolamiz: zerikmaslik uchun nimalar qilish mumkin? Afisha tavsiyalari

Bunday paytda, uyda qolgan yaxshi. Oʻzgidromet ham havo ifloslanishi ortib ketganini e'lon qilib, tashqariga chiqqanda ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilmoqda. Avvalroq biz havo ifloslanishi kuchaygan paytda nimalar qilish va nimalarga e'tibor berishga kerakligi haqida material tayyorlagandik. Endi esa uyda qolish boʻyicha "yoʻriqnoma" tayyorlaymiz. Xoʻp, shu sabab bilan uyda qoldik ham deylik, qanday qilib vaqtni mazmunli oʻtkazish va zerikmaslik mumkin? Ba'zi variantlarni koʻrib chiqamiz. 

Havo ifloslanishi kuchaymoqda: nimalar qilish kerak?

Afisha.uz bunday holatlarda qilish kerak bo‘lgan ehtiyot choralari va tavsiyalarni berib oʻtadi. 

Xona havosini tozalovchi xona gullari

Xonadagi havo sifati siz o‘ylagandan ham muhimroq. Yaxshi xabar shuki — buni oddiy o‘simliklar bilan yaxshilash mumkin. Nafaqat chiroy, balki salomatlikni ham ta'minlaydigan oʻsimlik turlari bilan tanishing. 

Havo tozalagich: qaysi birini tanlash kerak va Toshkentda qanchaga sotib olish mumkin? 8 ta variant

Kunlik reytinglarda Toshkent ko‘pincha inson uchun havosi eng yomon bo‘lgan shaharlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi va buni maxsus asboblar bilan o‘lchamasa ham seziladi. Shu sabab bilan Afisha.uz uy yoki ofis havosini tozalashga yordam beradigan va foydali ionlar bilan to‘ldira oladigan havo tozalagichlarni bir yerga jamladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling