Talabalar uchun qo‘llanma: Toshkentdagi universitetlarga qaysi metro bekatlari orqali borish mumkin?

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ko‘pchilik talabalar “Universitetimga qaysi metro olib boradi yoki qaysi eng yaqin bekatdan chiqishim kerak?”, degan savollarga ko‘p bora va tez-tez yuzlanadi. Umuman olganda ham, talabalarning eng koʻp foydalanadigan transport vositalaridan biri metro hisoblanadi.
Afisha.uz Toshkentdagi mashhur davlat va xususiy universitetlarning manzillarini ko‘rib chiqib, ularga eng yaqin metro bekatlarini jamladi.
Qaysi universitetga qaysi bekatdan chiqib borish qulayligini quyidagi qo‘llanmadan bilib olishingiz mumkin.
“Hamid Olimjon” metro bekati

New Uzbekistan University — Hamid Olimjon metro bekatidan chiqib, universitetgacha taxminan 5 daqiqa piyoda yuriladi. (Manzil)
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU) — Hamid Olimjon metro bekatidan oliygohgacha taxminan 10 daqiqada piyoda yetib borish mumkin. (Manzil)
“Novza” metro bekati

Millat Umidi University — Novza metro bekatidan chiqib, universitet A blokigacha 2 daqiqalik yo‘l, C blokigacha esa 5 daqiqa piyoda yuriladi. (Manzil)

“Alisher Navoiy” metro bekati

Webster University in Tashkent — “Alisher Navoiy” metro bekatidan chiqib, universitetgacha 8 daqiqa piyoda yuriladi. (Manzil)
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi — “Alisher Navoiy” metro bekatidan oliygohgacha 8−9 daqiqalik piyoda yo‘l yuriladi. (Manzil)
Toshkent kimyo-texnologiya instituti — “Alisher Navoiy” metro bekatidan universitetning asosiy binosigacha 10 daqiqada yetib borish mumkin. (Manzil)
“Amir Temur xiyoboni” metro bekati

Toshkent davlat Yuridik universiteti — “Amir Temur xiyoboni” metro bekatidan kampuslari manziliga qarab, piyoda 5−10 daqiqalik yo‘lda joylashgan. (Manzil)
Westminster International University in Tashkent (WIUT) — “Amir Temur xiyoboni” metro bekatidan universitetgacha 8−10 daqiqada piyoda yuriladi. (Manzil)
“O‘zbekiston” metro bekati

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — “O‘zbekiston” metro bekatidan chiqib, oliygohgacha piyoda 4−5 daqiqalik yo‘l yuriladi. (Manzil)
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi — “O‘zbekiston” metro bekatidan chiqib, piyoda 3−4 daqiqada, “Paxtakor” bekatidan esa 5 daqiqada yetib olish mumkin. (Manzil)
“Minor” metro bekati

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya kampusi — “Minor” metro bekatidan chiqib, piyoda ko‘pi bilan 5 daqiqada yetib boriladi. (Manzil)
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (UzJOKU) — “Minor” metro bekatidan piyoda uzog‘i 10 daqiqalik yo‘lda joylashgan. (Manzil)
“Chilonzor” metro bekati

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) — “Chilonzor” metro bekatidan chiqib, oliygohga piyoda 5 daqiqada yetib olish mumkin. (Manzil)
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — “Chilonzor” metro bekatidan piyoda 15 daqiqada borish mumkin, ammo yanada qulayroq variant: 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metrosidan O‘zDJTUgacha vaqtinchalik avtobus qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan. Avtobuslar ertalab soat
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — Chilonzor metro bekatidan atigi 2 daqiqalik yo‘lda joylashgan. (Manzil)
“Oybek” metro bekati

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — “Oybek” metro bekatidan piyoda atigi 2 daqiqada oliygoh binosiga kirib borish mumkin. (Manzil)
Toshkent farmatsevtika instituti — “Oybek” metro bekatidan piyoda 1 daqiqada yetib olish mumin. (Manzil)
“Toshkent” metro bekati

Toshkent davlat transport universiteti — Toshkent metrosi eng yaqin metro hisoblanadi. Lekin metrodan chiqib to‘g‘ridan-to‘g‘ri piyoda borishdan ko‘ra avtobusda yoʻlni davom etish qulayroq. Universitetning o‘zi, metro bekatidan chiqib, 12, 40, 46 hamda 52-avtobuslar orqali universitetga borishni tavsiya qiladi. (Manzil)

“Buyuk Ipak Yoʻli” metro bekati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) — “Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekatidan oliygohgacha piyoda 8 daqiqada yetib borish mumkin. (Manzil)
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Neft-kimyo / NMTK fakultet binosi” — “Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekatidan 10−11 daqiqalik yo‘lda joylashgan. (Manzil)

“Beruniy” metro bekati

O‘zbekiston Milliy universiteti — “Beruniy” metro bekatidan piyoda 7 daqiqalik yo‘l. (Manzil)
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — “Beruniy” metro bekatidan oliygohgacha piyoda 10 daqiqada yetib borish mumkin. (Manzil)
Turin Polytechnic University in Tashkent — “Beruniy” metro bekatidan 15 daqiqalik yo‘l. (Manzil)
“Olmazor” metro bekati

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) Tibbiyot fakulteti binosi — “Olmazor” metro bekatidan oliygohgacha yetib olish uchun 5 daqiqa piyoda yuriladi. (Manzil)

“Bodomzor” metro bekati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) — “Bodomzor” metro bekatidan chiqib piyoda 5 daqiqada yetib olish mumkin. (Manzil)

Metroga yaqin OTMlar o‘qishga qatnashni, ayniqsa Toshkentning tirband ko‘chalarida, ancha yengillashtiradi. Ro‘yxatdan o‘zingizga kerakli universitetni topib, yo‘lga chiqishdan oldin uning aynan qaysi kampusiga borishingizni yana bir bor aniqlashtirib olishni unutmang.
Qarovsiz manzildan galereyaga: "Olmazor" metrosida ulkan strit-artlar paydo bo‘ldi — fotoreportaj
Toshkent kun sayin o‘zgarib bormoqda, ammo bu safar gap yangi binolar yoki yo‘llar haqida emas. «Olmazor» metro bekati yonidagi monoton va zerikarli beton devor bir zumda rang-barang galereyaga aylandi — bu yerda bir qator ulkan strit-artlar paydo bo‘ldi.
Toshkentning diqqatga sazovor joylariga qaysi metro bekatlari orqali borish mumkin?
“Sen Toshkentni yaxshi bilasanku, bu joyga borish uchun qaysi metro bekatidan chiqish kerak?” kabi savollarni koʻp bor eshitadigan Afisha.uz muharriri bu haqda maqola tayyorlashga qaror qildi.





















