Hafta artisti: Olim Hojisharipov

E’lon qilingan sana· 302
Hafta artisti: Olim Hojisharipov

Aktyor va boshlovchi Olim Hojisharipov 19-mart kuni 58 yoshida vafot etdi. Aktyor bir qator oʻzbek telekanallaridagi koʻrsatuvlari va rollari bilan tomoshabinlarga tanish boʻlgan. Afisha.uz “Hafta artisti” ruknining bu sonini marhum aktyorga bagʻishladi.

Olim Hojisharipov haqida

Olim Hojisharipov 1966-yilda tugʻilgan. Aktyor 1996-yilda tashkil etilgan rejissyor Toʻxtamurod Mahkamovning “Gap yoʻq. Maslahat” koʻrsatuvida boshlovchilik qilgan. Aynan shu “Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan loyihadagi rollari orqali tomoshabinlarga tanilgan va ularning mehrini qozongan. Koʻrsatuvda Olim Hojisharipovdan tashqari Karomat Isomova, Dilfuza Ismoilova, Anvar Salimov, Rixsiboy Aliyev va boshqalar ham rol ijro etgan.

“Gap yoʻq. Maslahat” loyihasi ijodkorlari 2021-yilda “Zoʻr TV” telekanalidagi “Hamma gap sizda” koʻrsatuvida ishtirok etgan. Unda koʻrsatuvning suratga olish jarayonlari, kadr orti ishlari, aktyor va aktrisalar duch kelgan qiyinchiliklar va shon-shuhratdan keyingi maqtovlar haqida soʻz borgan.

“Gap yoʻq. Maslahat” loyihasidagi koʻplab sahnalar tomoshabinlar yodida oʻchmas iz qoldirgan. Masalan, tok uradigan suv isitgich, antiqa toʻy va hashar sahnalari haligacha eslanadi. Bundan tashqari Dilfuza Ismoilova personaji eridan arazlab oʻz uyiga ketib qoladigan “Arazlama” epizodi va Jahongir Otajonovning “Arazlamang” qoʻshigʻiga qilingan betakror kover oʻzbek televideniyasining klassikasiga aylanib ulgurgan.

Bundan tashqari Dilfuza Ismoilova personaji eridan arazlab oʻz uyiga ketib qoladigan “Arazlama” epizodi va Jahongir Otajonovning “Arazlamang” qoʻshigʻiga qilingan betakror kover oʻzbek televideniyasining klassikasiga aylanib ulgurgan.

“Bu koʻrsatuvlarimizning zoʻr boʻlishiga yana bir sabab — hech kim oʻzini hech qachon ayamagan. Tomdan tashlash kerak boʻlsa, shu tomdan tashlangan. Biz hech qachon kaskadyor ishlatmaganmiz, homiylarimiz ham boʻlmagan. Oʻzimizga-oʻzimiz homiy, oʻzimizga-oʻzimiz kaskadyor boʻlganmiz va oʻzimiz dublyaj qilganmiz”, — deb eslagandi aktyor “Gap yoq. Maslahat” loyihasi haqida.

Keyinroq esa Olim Hojisharipov “Toshkent” telekanliga oʻtgan va unda yangi “Men sizga aytsam” koʻrsatuvini boshlagan. Bu “Gap yoʻq. Maslahat” loyihasining norasmiy davomi hisoblanadi.

Boshlovchi bu loyihani ham xuddi “Gap yoʻq. Maslahat” kabi Karomat Isayeva bilan birgalikda olib borgan. Ushbu loyihada ham jamiyatdagi ijtimoiy-maishiy muammolar kulgi orqali koʻrsatib berilgan.

Bundan tashqari Aktyor Olim Hojisharipov 2021-yilda Hamza Jumayevning “7-qadam” koʻrsatuvida ham mehmon boʻlgan.

Ma’lumot uchun, Olim Hojisharipov vafotidan oldin bir necha yillardan beri saraton kasalligiga qarshi kurashib kelgan.

“Hafta artisti"ning oldingi sonlari:

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ