Rayhon “Sog‘inma” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

Zamonaviy o‘zbek estradasining taniqli vakillaridan biri Rayxon “Sog‘inma” nomli yangi trekini tinglovchilarga taqdim etdi. Taronada xonanda ijodida ko‘p uchraydigan muhabbat mavzusi yoritilgan. Ushbu qo‘shiq qahramoni xiyonatga duch keladi va yolg‘on hamda doimiy kutishga asoslangan munosabatlarni davom ettirib bo‘lmasligini anglaydi.
Qo‘shiqning boshida birgalikda o‘tkazilgan lahzalar xotirasi va sevgan insoni nima uchun uni aldaganini anglashga urinishlar aks etadi. Biroq asta-sekin sog‘inch o‘rnini qat’iy qaror egallaydi: qahramon o‘tmishda qolgan insonga murojaat qilib, undan endi qaytib kelmaslikni va qalbini bezovta qilmaslikni so‘raydi. Shu tariqa “Sog‘inma” munosabatlarga nuqta qo‘yish haqidagi qo‘shiqqa aylanadi.
Mazkur tarona Rayhonning 2027-yil 18−20-yanvar kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Rayhonshow” nomli yakkaxon konsert dasturining asosiy qo‘shiqlaridan biriga aylanishi mumkin.
Masha Tilla, Rayhon va DJ King Macarella yangi “G‘alaba” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Xonandalar Rayhon, Masha Tilla hamda DJ King Macarella hamkorlikda “G‘alaba” nomli yangi qo‘shigʻi premyera qilindi. Ushbu trek O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgani munosabati bilan yaratilgan.
Rayhon "Dil poralar" nomli yangi qoʻshigʻini premyera qildi
Xonanda Rayhon muxlislariga “Dil porala” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi.
Rayhon SI yordamida ishlangan klipni taqdim etdi
Xonanda Rayhon "Sahna" nomli qoʻshigʻi va unga ishlangan klipini premyera qildi.