VII Xalqaro jaz festivali
Festival doirasida 22 ta konsert tashkil etilib, ularning bir nechtasi bepul bo’ladi.
25-apreldan 14-mayga qadar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi shafeligida va bir qator elchixonalar ko’magida Toshkentda VII Xalqaro jaz festivalini tashkil qilmoqda.

2011-yil noyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-aprelni Xalqaro jazz kuni deb e’lon qildi. O‘zbekiston 2015-yildan buyon butunjahon jaz bayramida ishtirok etib keladi, Xalqaro jazz festivali esa uning asosiy tadbiri hisoblanadi.

2023-yilgi festivalda Chayna Mozes, Moonlight Gang, Gregori Porter, Igor Butman va uning orkestri, Til Bryonner, El Di Meola, Take 6, De-Phazz kabi taniqli musiqachilar va boshqa taniqli ijrochilar chiqish qiladi.

Elchixonalar taklifiga binoan festivalda Vengriya, Germaniya, Isroil, Italiya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Fransiya va Shveysariyadan kelgan san’atkorlar o‘z mamlakatlarini taqdim etadi. Unda O‘zbekiston nomidan Jazzirama guruhi chiqish qiladi.
Umumiy dastur:
25-aprel, 19:30
25-aprel, 19:30
Vinche Abbrachchante
Ajoyib uslubi, blyuz va sving ohanglarini nozik his etuvchi, akkordeonning kelajagi porloq yulduzi barcha musiqiy janrlarda mohir iste’dod bilan ijro etadi. Kastelfidardo XXV xalqaro mukofoti sohibi. 2000-yildan buyon Kastelfidardo shaharchasidagi Borsini akkordeon fabrikasida san’at ustasi.

Kirish bepul.

Batafsil.
26-aprel, 19:30
26-aprel, 19:30
Adam Ben Ezra
Yuzlab xalqaro konsertlar, ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab tomoshalar hamda favqulodda o‘ziga tortuvchi sehrli tarovat. Jazz FM Adam chiqishlarini «ko‘zni qamashtiruvchi mahorat cho‘qqisi, maftunkor ruh va atletik ijro», deb ta’riflaydi.

Kirish bepul.

Batafsil.
27-aprel, 19:30
27-aprel, 19:30
Trionauts guruhi
Ularning musiqasi janrlar qorishmasiga boy bo‘lib, o‘ziga xos ifoda uslubiga ega. Toshkentda guruh ilk bor o‘zining yangi «Plus / Delicate Dance» albomini taqdim etadi.

Kirish bepul.

Batafsil.
28-aprel, 19:30
28-aprel, 19:30
Jazzirama guruhi
Bu yil Jazzirama odatiy sadolardan chetlanib, guruhning yangi a’zosi, xushovoz xonanda Le Luu Liyen xonim hamda ikki taklif etilgan mehmon sozandalar Furqat Vahabov (gitara) va Andrey Prosvirnov (bas-gitara) jo‘rligidagi kutilmagan tajriba-sinovni jamoatchilik e’tiboriga havola qiladi.

Kirish bepul.

Batafsil.
30-aprel, 18:00
30-aprel, 18:00
The Moonlight Gang
O‘tgan asrning boshlaridagi davrga oshifta uchovlon sozandalar xonish qilishdan toliqmay, bu yumush bilan shafaq ko‘ringunga qadar bearmon mashg‘ul bo‘la oladilar. Chinakam ijodni an’analar bilan uyg‘unlashtirgan The Moonlight Gang mehmonlarni 1930-40-yillardagi klub musiqasi repertuari bo‘yicha raqsga tushishga taklif etadi.

Kirish bepul.

Batafsil.
30-aprel, 20:00
30-aprel, 20:00
Chayna Mozes
Musiqaga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan baham ko‘rishish ilinjida Chayna xonim Fransiyaning MCM va MTV France musiqiy kanallari dasturlariga boshlovchilik qiladi. 2011-yilning oktabridan boshlab esa har kuni «Jazz Radio»sida «Made in China» nomli mualliflik dasturini olib boradi.

Kirish bepul.

Batafsil.
1-may, 19:00
1-may, 19:00
Take 6 guruhi
Take 6 — AQSh jazz guruhi, akapella va vokal dahosining timsoli. Olti virtuoz ovoz sinkoplangan ritmlar, innovatsion aranjirovkalar va jazz, R&B va popning jo’shqin oqimiga aylanadigan funky-groove uyg’unligi yaratuvchilaridir. Rey Charlz, Stivi Uander, Brayan Uilson, Ella Fitsjerald va Uitni Xyuston kabi mashhur kishilarning ijobiy sharhlarini olgan holda, dunyo bo’ylab ko’p platina sotuvchi ushbu oltilik universal akapella guruhi sifatida tan olingan.

Chipta narxi: 100 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.

Batafsil.
2-may, 19:30
2-may, 19:30
De-Phazz guruhi
«De-Phazz» a’zolari o‘z guruhlarining nomini «DEstination PHuture of jAZZ», ya’ni «manzil kelajagi — jaz», deb ataydilar. Bu sehrli, ajib tovushlar dunyosi bo‘lib, unda musiqiy hikoyalarning o‘ziga xosligi izhor etib ulgurilmagan yoqimli hissiyotlarni junbushga keltiradi.

Kirish bepul.

Batafsil.
3-may, 19:00
3-may, 19:00
Gregori Porter
Gregori Porter — britaniyalik jazz musiqasi artisti. 2013-yil 2-sentyabrda bu ijodkor uchun muhim voqea bo’ldi: u Porterga birinchi Gremmi g’olibligini keltirgan va jazz musiqalari orasida kamdan-kam uchraydigan tijoriy muvaffaqiyatga erishgan «Liquid Spirit» albomini chiqardi. «Liquid Spirit» 100 000 dan ortiq nusxada sotilib, Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 10 ta albomi qatoriga kirdi. 2016-yil 6-mayda Porterning «Take Me to the Alley» nomli to‘rtinchi albomi chiqdi.

Chipta narxi: 100 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.

Batafsil.
4-may, 19:00
4-may, 19:00
Igor Butman
Igor Butman haqli ravishda rus jazz san’atining jahon sahnasidagi asosiy elchisi hisoblanadi. 1997 va 1998-yillarda u Moskvadagi mustaqil jazz festivallarining prodyuseri va tashkilotchisi bo’lib, unda rus va amerikalik musiqachilarni bir sahnada birlashtirgan.

Chipta narxi: 100 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.

Batafsil.
5-may, 19:30
5-may, 19:30
Til Bryonner
Til Bryonner — nemis damli cholg‘u sozandasi, xushovoz xonanda, taronalar moslashtiruvchisi va musiqiy prodyuser. Musiqachi o‘zining ilk sahna chiqishini 1993-yilda «Generations of Jazz» albomi bilan boshlab, u uchun Germaniya musiqa taqrizchilarining sovrini va Germaniya ovoz yozish sanoati mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Kirish bepul.

Batafsil.
6-may, 19:30
6-may, 19:30
Sabrina Shtarke
Sabrina Shtarke — Edison Awards va Radio 6 Awards kabi bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo’lgan surinam-golland qo’shiqchisi. U o’zining debyut albomi «Yellow Brick Road» va «Do for Love» nomli qo’shig’ini 2008-yilda chiqardi. Blue Note tomonidan qayta chiqarilgan Yellow Brick Road albomi ketma-ket 52 hafta davomida chartlardan o’rin egalladi va platinum albomga aylandi.

Kirish bepul.

Batafsil.
7-may, 18:00
7-may, 18:00
Jazz Maqom
Jamoani yaratish g‘oyasi dastlab o‘zbek musiqiy ijodkori va sahnalashtiruvchisi Asror Isaxojayev tomonidan taklif qilingan. Yevropa tarafidan esa uch nafar sozanda: Andrea Romani (fleyta, nay, sado, sayqalma asar), Aleksis Bajo-Nersesyan (fortepiano, sayqalma asar) va Apostolos Sideris (kontrabas, sado, sayqalma asar) tashabbuskor sifatida jonbozlik ko‘rsatganlar.

Kirish bepul.

Batafsil.
7-may, 20:00
7-may, 20:00
Toni Momrell
Toni Momrell — zamonaviy Britaniya sahnasining eng yorqin va zabardast ruhoniy uslubdagi xushovoz musiqachilaridan biri hisonlanadi. U 20 yildan ortiq musiqiy ijodi davomida u Gloriya Estefan, Selin Dion, Janet Jekson, Uitni Hyuston, Chaka Han, Shade, Geri Barlou, Andrea Bochelli, Gven Stefani, Robert Palmer kabi san’at darg‘alari bilan jo‘rlikda qo‘shiqlar kuylagan.

Kirish bepul.

Batafsil.
8-may, 19:30
8-may, 19:30
Zara MakFarleyn
Zara MakFarleyn — britaniyalik jaz va ruhoniy uslubdagi qo‘shiqchi va bastakor. 2014-yilda MOBO mukofoti mezonlari bo‘yicha eng yaxshi jaz ijrochisi sifatida e’tirof etilgan. «The Guardian» nashri sahifalarida uning musiqasi «ohanrabo purma’no zabonli» deb nomlangan.
U xonish qilgan taronalar butun Yevropa bo‘ylab taralgan Buyuk Britaniyaning «BBC Two», Ispaniyaning «Un Lugar Llamado Mundo» va Fransiyaning «Victoires du Jazz» jonli yoyinlarida yangragan. Zara MakFarleyn musiqalari BBC Radio 2, NTS Radio va TSF Jazz kabi radio mavjlarida tinglovchilar e’tiboriga havola etib kelinadi.

Kirish bepul.

Batafsil.
9-may, 19:30
9-may, 19:30
Gi Manukyan
Gi Manukyan — livanlik-armani musiqachi, bastakor va pianinochi. U 4 yoshidan chalishni boshlagan. 5 yoshida u televideniyeda ilk chiqish qilib, 6 yoshida esa Livan prezidenti saroyida ijro etib berishga taklif etiladi. 7 yoshlik navqiron Manukyan musiqa bastalab, o‘sha kezlardagi tanlovda ilk g‘alaba nashidasini suradi.

Kirish bepul.

Batafsil.
10-may, 19:00
10-may, 19:00
El Di Meola
Uning faoliyatining 40 yildan ortiq davom etayotgani tanqidchilar olqishiga sazovor bo’ldi, to’rtta oltin va ikkita platina albomi, butun dunyo bo’ylab olti milliondan ortiq rekord darajadagi sotuvlar, Germaniyada beshta oltin albom va turli mukofotlarga ega, jumladan u Berkli musiqa kollejining faxriy doktori, Monreal Jazz festivalida topshiriladigan Mayls Devis faxriy sovrindori, 2008-yilda ser Jorj Martin tomonidan toshirilgan BBC Lifetime Achievement Award mukofoti sohibi, Vengriya Ijro san’atlari jamg’armasining Lyra mukofoti va ko’plab Gremmi nominatsiyalari va mukofotlari egasi. Al gitara bilan bog’liq eng nufuzli mukofotlari sohibi hisoblanadi.

Chipta narxi: 100 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.

Batafsil.
11-may, 19:30
11-may, 19:30
Sandra Ivan va Andriyash Yas
Duetning hamkorligi 2013-yilda boshlangan. Sandra Ivan — pianinochi, xonanda va qo‘shiqlar muallifi. Andriyash Jas mohir saksofon ustasi, Vengriyadagi eng talabgor sozandalardan biridir. Uning repertuarida turfa musiqiy uslublar — fank, jaz, blyuz va soul mavjud.
Duetning «I Heart Swing» mushtarak albomi 2019-yilda muxlislar e’tiboriga havola qilinib, u Vengriyaning barcha janrlar bo‘yicha «iTunes Top-200» sara to‘plamlarida nufuzli 4-o‘rinni egallagan.

Kirish bepul.

Batafsil.
12-may, 19:30
12-may, 19:30
Ineffable guruhi
2018-yilning fevral oyida ularning ilk ijrosi «Tirgu-Muresh» radiosining «Kotta» dasturi jonli yoyinida baralla yangrab, kelgusi turkum konsertlarga muqaddima yasab bergan edi. Guruh musiqasi jaz, soul, neo-soul, R&B, pop va hip-hop kabi bir nechta uslublar unsurlaridan iborat.

Kirish bepul.

Batafsil.
13-may, 19:30
13-may, 19:30
Babooshki guruhi
Mashshoqlar slavyan asarlaridan ilhomlanib, chekka qishloq aholisi xotirasidagina saqlanib kelayotgan xalq og‘zaki ijodiyotiga xos xalqchil ohanglarga yangi hayot baxsh etadilar. Jamoa o‘z sayqalmalarida jonajon o‘lkaning boy merosiga hurmat bajo keltirgan holda nozik jaz mohiyati va tilsimini an’anaviy mavzular bilan mujassam tarannum etadilar.

Kirish bepul.

Batafsil.
14-may, 19:30
14-may, 19:30
O'zbekistonlik san'atkorlar konserti
Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Mansur Toshmatov boshchiligidagi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining jaz orkestri 2000-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda orkestr qoyilmaqom etib ijro etuvchi taronalari orasida ham Glen Miller, Dyuk Ellington, Kuinsi Jons asarlari, ham o‘zbek bastakorlari Ikrom Akbarov, Enmark Salihov bastalagan kuylar, shuningdek, xalq qo‘shiqlarining etno-jaz sayqalmalari o‘rin olgan.
Sabina Mustayeva yosh ijrochi va qo‘shiqlar muallifi. U turli ijodiy loyihalar va festivallardagi ishtiroki bilan jamoatchilikka yaxshi tanish.

Kirish bepul.

Batafsil.
Tashkilotchilar: YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi shafeligida va bir qator elchixonalar ko’magida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi .