Shota Rustaveli koʻchasida 3 ta avtobus yo‘nalish harakati qayta tiklandi
E’lon qilingan sana: · 84

26-oktabrdan boshlab 80, 114 va 127-sonli avtobus yo‘nalishlari Shota Rustaveli ko‘chasidagi markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) orqali harakatni boshladi. Avvalroq, 22-oktabrdan boshlab 2, 18, 45 va 94-sonli avtobuslar yoʻnalishlari, 19-oktabrdan boshlab 12, 9T va 40-sonli yoʻnalishlar, 7-oktabrda 38, 57 va 58-sonli yo‘nalishlar , 67, 98 va 126-sonli yo‘nalishlar esa 12-oktabrda yoʻlga qoʻyilgan edi.
Haydovchilarga alohida bo‘laklarda harakatlanadigan avtobuslarga ustuvorlik berishlari soʻraladi. Ushbu loyiha jamoat transportiga ustuvor ahamiyat berish, tirbandlikni kamaytirish, yo‘lovchilar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.