Bahorgi estetika: Toshkentdagi Yapon bog‘iga fotosayr

E’lon qilingan sana· 240
Bahorgi estetika: Toshkentdagi Yapon bog‘iga fotosayr
Foto: Afisha.uz / Shohruh Haydarov

Dam olish kunlarida shahar ichida bahavo va shu bilan birga, Instagrambop manzil izlayotgan bo‘lsangiz, Yunusoboddagi Yapon bog‘i yaxshi tanlov bo‘la oladi. 2001-yilda ochilgan bu maskanni shunchaki istirohat bog‘i emas, balki kunchiqar mamlakat tabiatining kichiklashtirilgan nusxasi, deyish mumkin.

Bog‘ning har bir burchagi yapon landshaft san’ati asosida qurilgan. Bu yerda sizni faqat daraxtlar emas, balki maxsus ma’noga ega kompozitsiyalar kutadi.

Yapon bog‘ining o‘ziga xos tomoni bu yerdagi erkin yurgan jonivorlardir. Sayr davomida sizga kabutar, g‘oz va o‘rdaklar hamrohlik qiladi. Ayniqsa, ko‘lda suzib yuruvchi qushlar va ularni oziqlantirish bolalar uchun alohida quvonch manbai bo‘la oladi.

Shu kunlarda Yapon bog‘i o‘zining eng go‘zal davrini yashamoqda. Bog‘ning har qadamida nafis sakuralar va boshqa daraxtlar gullab, atrofni pushti va oq ranglarga bo‘yagan. Yer va suv yuziga to‘kilayotgan gul yoproqlari esa maskanning vizual jozibasini yanada oshirmoqda.

Bog‘ hozir har qachongidan gavjum. Har bir gullagan shox ostida suratga tushayotgan yoshlar, romantik sayrga chiqqan juftliklar va maysazorlarda piknik qilayotgan oilalarni uchratish mumkin.

Xullas, reja tuzish shart emas, shunchaki Yapon bog‘iga yo‘l oling. Hozir bog‘ning eng “pik” nuqtasi: daraxtlar gullagan, ob-havo ideal, atmosfera esa maksimal darajada ijobiy. Borishdan avval telefoningiz xotirasini bo‘shatib olishni unutmang.

Kirish narxi:

  • Kattalarga: 30 ming so‘m.
  • Bolalarga (3 yoshdan 12 yoshgacha): 20 ming so‘m.
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: Bepul.
  • Pensiya yoshidagilarga: 10 000 so‘m.
  • I va II guruh nogironlariga: Bepul.

Ish vaqti

Bog‘: 10:00 dan 22:00 gacha.

Kassa: 10:00 dan 21:00 gacha.

Manzil: Amir Temur ko‘chasi 107-uy, Bodomzor metro bekati yaqinida (lokatsiya).

Telefon: +998 71 235−02−50, +998 95 156−22−22.

Shohruh Haydarov
Muallif va fotosuratchi
Shohruh Haydarov

Fotosayr: Chig‘atoy ovqat bozori

Chig‘atoy bozorining shakllanishi bevosita Toshkentning eski shahar qismidagi darvozalar tarixiga borib taqaladi. Mazkur strategik nuqtani qo‘riqlash chig‘atoy urug‘i zimmasida bo‘lganligi sababli, hudud ularning nomi bilan yuritila boshlagan. 

Fotosayr: Respublika bolalar kutubxonasi

Kutubxona tarixiy devorlari saqlab qolingan holda ichi butunlay transformatsiya qilingan: keng va yorug‘ zallar, qulay kovorking zonalari va, albatta, har qadamda kitoblar. Biz bu galgi fotosayrimizda aynan shu yerdagi muhitni kadrlarga muhrladik.

Fotosayr: O‘zbekistondagi ilk so‘zana galereyasi – "Suzani by Kasimbaeva"

Toshkent shahridagi “Suzuk ota” hunarmandlar mahallasida kashtachilik san’ati bo‘yicha yangi makon ish boshladi. Mohir kashtado‘z Madina Qosimboyeva tomonidan tashkil etilgan ushbu majmua shunchaki ijodiy manzil emas, balki so‘zanachilik maktabining to‘liq siklini o‘zida jamlagan yaxlit ekotizimdir. 

Fotosayr: Chorsu bozori

Chorsu — bu nafaqat savdo-sotiq maskani, balki tirik muloqot maydonidir. Bu yerda sotuvchilarning chaqqonligi, xaridorlarning mahorat bilan savdolashishi va har bir peshtaxta ortidagi samimiy tabassum o‘ziga xos bir muhit yaratadi.

Fotosayr: Mirzo Ulug‘bek xiyoboni

Buyuk olim Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataluvchi ushbu xiyobon (skver) shaharning osoyishta nuqtalaridan biridir. Bu yerdagi keng yo‘laklar, salobatli daraxtlar va olimning haykali o‘ziga xos muhit yaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Bahorgi estetika: Toshkentdagi Yapon bog‘iga fotosayr — Toshkent Afishasi