"Toshkent toʻy oshi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

E’lon qilingan sana· 243
"Toshkent toʻy oshi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan “toʻy oshi” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu maqom “Toshkent to‘y oshi” nomi va anʼanaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Qayd etilishicha, tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi — bu shunchaki taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlarini oʻzida jamlagan murakkab jarayon bo‘lib, asosan tong saharda pishiriladi.

Maʼlumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.

Avvalroq yana bir nechta milliy taomlar, xususan, Samarqand noʻxat shoʻragi, Samarqand noni, Soʻqoq somsasi, Buxoro soʻfi oshi, shuningdek, Andijon doʻppisi va Samarqand qogʻozi ham geografik koʻrsatkich sifatida tan olingandi.

"Osh boʻlsin": "qullik asorati" tamgʻasini olgan nahorgi oshning foydalari va zararlari qanday?

Afisha.uz nahorgi osh mavzusida bir qator fikrlarni yigʻdi. Shuningdek, gastroentrolog mutaxassisdan bu mavzuda tavsiyalar oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
"Toshkent toʻy oshi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi — Toshkent Afishasi