“Qo‘qon patiri” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan “Qo‘qon patiri” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qo‘qon qadimdan hunarmandchilik, savdo va milliy pazandachilik rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi. Shaharda tayyorlanadigan ushbu patir o‘zining an’anaviy retsepti, o‘ziga xos ta’mi va bir necha hafta davomida sifatini saqlab qolish xususiyati bilan mashhur.
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olinishi “Qo‘qon patiri” nomi hamda uni tayyorlashning an’anaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, mahsulot sifatini saqlash va belgilangan standartlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Bu ko‘rsatkich mahsulotning muayyan hududga mansubligi, uning sifati, shuhrati va o‘ziga xos jihatlari aynan shu hududning tabiiy hamda ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.
“Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatiga xos bo‘lgan “Qo‘qon holvasi” Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
“Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu nom, an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
"Toshkent toʻy oshi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Adliya vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos bo‘lgan “toʻy oshi” milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Sofi osh” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Ushbu maqom “Sofi osh" nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.